«UNITEL» MChJ tomonidan yig’iladigan, abonentlarning shaxsga doir ma’lumotlar ro’yxati.


O’zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi 2019 y.02 iyuldagi N ZRU-547 qonunining 31-moddasi 2-bandi 3-qismiga asosan, qonunchilikda boshqa hollar nazarda tutilgan holda, mulkdor va (yoki) operator o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur va yetarli bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar tarkibini tasdiqlashi lozim.

Yuqorida aytib o’tilgan hollarda shaxslarga doir ma’lumotlarga ishlov berishda quninchilik, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish prinsiplariga bo’ysungan holda, “Unitel” MChJ tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini va ularga bog’liq bo’lgan xizmatlarni ko’rsatish maqsadida yig’iladigan abonentlarning shaxlsarga doir ma’lumotlar ro’yxati tasdiqlangan.

“Unitel” MChJ tomonidan yig’iladigan shaxslarga doir ma’lumotlar ro’yxati.

1. Familiya
2. Ism
3. Otasining ismi
4. Tug'ilgan yili
5. Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR)
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)
7. Shaxsni tasdiqlovchi xujjat raqami
8. Shaxsni tasdiqlovchi xujjat berilgan sanasi
9. Turar joyi manzili
10. Xizmat ko'rsatish manzili
11. Telefon raqamlari
12. Elektron xat manzillari
13. Shartnoma tuzilgan sana
14. Abonent uyali aloqa qurilmasi identifikatsiya raqami
15. Imzo
16. Operator tomonidan Abonentga telekommunikatsiya xizmatini ko'rsatish jarayonida olingan ma’lumotlar, hamda tarifikatsiya jarayonida va pul mablag'larini to'lash hisobini taqdim etish uchun yig'ilgan ma’lumotlar.

“Unitel” MChJ tomonidan qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish uchun quyidagi shaxslarga doir ma’lumotlar yig’ilishi mumkin.

1. Ijtimoiy tarmoqlar akkauntlari
2. Shaxsiy qiziqishlar
3. Shaxsiy aloqalar
4. To'lov kartalari raqamlari
5. Ishlatilayotgan abonent qurilmasi modeli
6. Abonent qurilmasi operatsion tizimi
7. IP-manzil, MAC-manzil, IMSI
8. Geolokatsiya ma'lumotlari
9. Bizning internet-manbalarga murojaat qilgan hollarda cookie-fayllari
10. Biometrik ma'lumotlar
11. "Unitel" MChJning abonentlarining shaxsga doir ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash va himoya qilish siyosatida ko'rsatib o'tilgan yig'ish va qayta ishlash maqsadlariga kerakli bo'lgan boshqa ma'lumotlar.