OQ jismoniy SIM-kartalarni yetkazib berish xizmatini yo’lga qo’ydi.

image

Toshkent bo'ylab yetkazib berish muddati buyurtma soat 12:00 ga qadar berilgan holda, o'sha kunning o'zida amalga oshiriladi. Agar buyurtma kechroq berilgan taqdirda, yetkazib berish ertasi kuniga to'g'ri keladi. Viloyatlarda etkazib berish masofaga qarab uch kun ichida amalga oshiriladi.


Toshkentda yetkazib berish narxi 20 000 so‘mni, viloyatlarga yetkazib berish - 30 000 so‘mni tashkil etadi.


Yetkazib berishdan foydalanish uchun OQ ilovasini oʻrnating yoki uni eng soʻnggi versiyasigacha yangilang.


OQ yetkazib berish uchun uchinchi shaxsni jalb qilmoqda va noto‘g‘ri manzilga yetkazib berishi, marshrutga bog’liq bo’lgan yetkazish muddati va OQ nazorati ostida bo'lmagan boshqa holatlar uchun javobgar emasligiga e’tiboringizni qaratamiz.