Abonent va Operator o‘rtasidagi foydalanuvchi shartnomasi
Mazkur hujjatni imzolash orqali Abonent ommaviy oferta shartlarida
“Unitel” MChJ bilan uyali mobil radio-telefon aloqasini taqdim etish
bo‘yicha shartnoma tuzadi va shaxsiy ma’lumotlar, foto tasvirlar va
fotosuratlarni qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi. Abonent
ommaviy oferta matni va “Unitel” MChJ tarmog‘ining qamrov zonasi
bilan shaxsan tanishdi (Ommaviy ofertaning to‘liq matni www.oq.uz
saytida mavjud)
1. Ommaviy oferta Abonentga o‘qish uchun taqdim etildi. Abonent O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 27-bobiga ko‘ra tartibga solingan ommaviy oferta shartlari, uning muhim elementlari bilan to‘liq tanishdi. Abonent uchun o‘z huquq va majburiyatlari, ushbu Shartnomani tuzish shartlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-375-moddalarining qoidalaridan kelib chiqadigan holatlar tushunarli, bu Abonentning imzosi yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
2. Xizmat ko‘rsatiladigan tarif reja Abonent tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Tanlangan tarif doirasidagi xizmatlarning mazmuni va xususiyatlari Abonentga tushunarli
3. Abonent ofertaning qoidalariga to‘liq va so‘zsiz roziligini bildiradi. Shartnomaning barcha muhim shartlari ommaviy ofertada ko‘rsatilgan: xizmatlarning predmeti, tariflari va turlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, to‘lovlar shakli va tartibi, javobgarlik va boshqa shartlar ofertaga muvofiq belgilanadi. Ushbu hujjatga www.oq.uz/oferta veb-saytida joylashtirilgan ommaviy oferta Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
4. Abonent taqdim etilgan aloqa xizmatlaridan foydalanishda GSM-shlyuzlarini (operator uskunasini chetlab o‘tgan holda, tarmoqlar o‘rtasida kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qayta yo‘naltirish uchun uyali aloqa operatori tarmog‘iga ulanadigan mobil qurilma) tashkil qilish yoki GSM-shlyuzlarida foydalanish maqsadida SIM/eSIM kartalarini uchinchi shaxslarga o‘tkazish orqali Shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, ma’muriy (O‘zR MK 155-2-modda) va jinoiy javobgarlik (O‘zR JK 190-modda, 278-1, 278-3, 278-7-moddalar) haqida xabardor.
Xizmatlar litsenziyalangan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan - ISO 9001:2015